Hakamlarimiz Qozog'iston – Qirg'iz Respublikasi ayollar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib borishadi
Alisher Ostonov
24 may 2025, 18:38
O'zbekistonlik referi Gulshoda Saidqulova Qozog'iston – Qirg'iz Respublikasi ayollar terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Kristina Sereda va Xayriniso Erkinova yordam beradi. Uchrashuv ertaga, 25 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da start oladi.