Hakamlar uchun yig'in boshlandi

Bu haqda O'zFHM matbuot xizmati ma'lumot beryapti.

"Bugundan birinchi yig'in doirasida hakamlar va yordamchi hakamlar joriy yilgi mavsum uchun o'quv-yig'inlarga kirishishdi. Unda Ayollar futboli, Birinchi liga va hakamlik sohasida o'zini sinamoqchi bo'lgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik, o'yin qoidalari va videoroliklar asosida test savollariga javob berishdi. Yakunda barcha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan hakamlar 2023 yil davomida faoliyat olib boradigan hakamlar ro'yxatiga tavsiya etilishadi", - deyiladi xabarda.


Manba: championat.asia