Haitham Abbas: "Eron chempion bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
17 fev 2016, 17:58
O'zbekiston hamda Iroq o'rtasidagi bahsdan so'ng, iroqliklar bosh murabbiyi Haitham Abbas o'yin haqida fikr bildirdi.
“Futzalda sen urmasang senga urishadi. Bu o'yinga berilgan eng oddiy va qisqa sharh”, - deydi murabbiy.

- Bugungi o'yin natijasiga ishqibozlar ham ta’sir ko'rsatdimi?
- Yo'q. Birinchi bo'limdagi o'yinimizni ko'rdingiz. Tezkor va shiddatkor harakat qildik. Ishqibozlar asosiy sabab emas. O'zimiz xato qildik.

- Bugun Rustam Umarov yaxshi o'ynadimi yoki sizning shogirdlaringiz yomon o'ynashdimi?
- Albatta hujumchilarimga ko'proq sovuqqonlik yetishmadi. Vaziyatlarni gol bilan tugatish borasida oqsadik.

- Iroq terma jamoasiga beshinchi yo'llanmaga ega bo'lishini tilayman. Bugun negadir shogirdlaringizda jismoniy tayyorgarlik borasida muammolar kuzatildi?
- Yo'q bugun bu borada muammo bo'lmadi. Shunchaki to'qnashuvlar ko'p bo'ldi.

- 5, 11 va 14-raqamdagi futzalchilar almashtirib bo'lmas o'yinchilarmi yoki zaxira kuchsizmi?
- Taktikamiz 3-1. Siz aytayotgan uch nafar futzalchi bu taktikaga juda mos tushadi.

- Eronga ham O'zbekistonga ham qarshi o'ynadingiz. Sizningcha kim chempion bo'ladi?
- Eron! Ular chempion bo'lishadi.

- Birinchi bo'limda shiddatli o'ynadik dedingiz. Ikkinchi bo'limda nima uchun shunday o'ynamadingiz?
- Sababi O'zbekiston o'zi yaratgan vaziyatlardan unumli foydalanib gollar urishga erishdi.

- Ertaga Avstraliyaga qarshi o'ynaysizlar. Raqib haqida nima deya olasiz?
- Shogirdlarimga O'zbekistonga qarshi o'yin tarixga kirganini aytdim. Bizda yana imkoniyat bor va bu imkoniyatdan foydalanishga urinamiz.
 

Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia