Haftaning TOP-10 fotosi

Tolibjon Qosimov
17 dek 2016, 13:43
Futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 2-tur bellashuvlari 9-15 dekabr kunlari bo'lib o'tdi.

Quyida bir hafta davom etgan turning TOP-10 fotosini e'tiboringizga havola etamiz.

Mavsumdagi ilk g'alabani qo'lga kiritgandagi quvonch ("Turon-S" - "Paxtakor" 6:4).


Shu joyda ixtirochini poroxli bochkaga o'tqizib uchirgan knyaz esga tushib qoldi. :)  ("Ardus" - "Bunyodkor" 7:2)


Sobiq jamoangga gol urishni istamaganingdagi holat. :)  ("Maksam-Chirchiq" - "Ardus" 5:5)


"Kogon" sardori Sohib Narzullaevdan "pushka". ("Kogon" - "Do'stlik-AIN" 1:4)


Sportcha kadr... ("Do'stlik-AIN" - "Olmaliq" 2:2)


Bitta rasmda 27ta gol: Oybek Polvonov 12 ("Do'stlik-AIN"), Andrey Shlema 9 ("Olmaliq"), Artur Yunusov 6ta ("Olmaliq").


Portugaliyalik Rikardino fintining biroz "o'xshatilgan" varianti. ("Nafis" - "Ardus" 3:4)


Bu yerda esa Jan-Per Papen uslubidagi zarbaga ozgina aniqlik yetishmagan. ("Metallurg" - "Do'stlik-AIN" 0:1)


Ikkala futzalchi to'pga qarab: Meniki-yu, meniki. ("Olmaliq" - "Maksam-Chirchiq" 7:2)


G'alaba to'pi darvozadan joy olgan holat. ("Bunyodkor" - "Do'stlik-AIN" 1:2)


Tolibjon Qosimov


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia