

Fabio Kapello, nima uchun Angliya terma jamoasi katta turnirlarda yaxshi natija ko'rsata olmayotganlari haqida.
“Nima uchun ular yaxshi natijaga erisha olishmaydi? Chunki ular charchashadi. Futbolchilar terma jamoa safiga kelib qo'shilganda hech qachon kuchga to'la holda yetib kelmaydi. Chunki ularning chempionatida tanaffusning o'zi yo'q.
Bu huddi mashinada biror manzilga ketayotganingizdagi holatga o'xshaydi: agar siz yo'l yarmida to'xtab yoqilg'i quyiladigan bakni to'ldirib olsangiz, ko'p ehtimol bilan manzilgacha yetib bora olasiz. Agar to'xtovsiz harakatlanishda davom etaversanggiz, manzilga yetib bormasingizdan o'sha bak bo'shab qolishi va kerakli joyga yetib bora olmay qolishingiz mumkin.
Fikrimcha, APL birinchi davrasidagi o'yinlar, mavsum ohiridagi o'yinlardan ko'ra ancha yaxshiroq. Shuning uchun ham aar Premer Ligada raqobatbardosh jamoa bo'lish uchu, juda keng tarkibga ega bo'lishingiz lozim. Bunga esa terma jamoada hech qachon ega bo'lolmaysiz”.
Rikardo Karvalo, Joze Mourinyo haqida
“Mourinyo yutqazishni bilmaydi. U shunchaki bunga chiday olmaydi. Mag'lubiyatdan so'ng bir necha kun davomida u bilan ishlash qiyin. Juda qiyin.
Pep Gvardiola, o'z offisini “Alyanc Arena” kiyinish xonasidan uzoqroqqa ko'chirishi sababi haqida.
“Bu futbolchilarning hududi. Kiyim almashtirish xonasida ular istagancha hazillashishlari, ovozni baralla qo'yib istagan mavzuda gaplasha olishlari lozim. Mening bu erda o'tirishim ularni shu erkinlikdan bo'g'ib qo'yishi mumkin. Bu erda ular istasalar hatto men haqimda yomon gaplar aytishlari ham mumkin”.
Pele, Neymarning Ronaldu va Messidan ustun ekani haqida.
“Odamlar Messi va Neymarni qiyoslashni yoqtirishadi. Biroq e'tibor bering Messi allaqachon necha yil futbol o'ynab qo'ydi. Hammadan ko'p gol uradigan Krishtianu Ronaldu ham huddi shunday. Biroq Neymar, bu – kelajak. U hammadan kuchli ekanini ko'rsadi.
Joze Mourinyo, o'z murabbiylik faoliyati haqida
“Men 2000 yil bosh murabbiyga aylanganman. Bunga qadar men yordamchi sifatida katta murabbiylar bilan birga katta futbolchilar bilan ishlaganman.
Men 30 yoshligimda, Ronaldo bilan ishlaganman. Hozirgi emas, haqiqiy, braziliyalik Ronaldo haqida aytayapman.
Men juda yoshligimda Rivaldo, Figu, Gvardiola kabi futbolchilarni mashq qildirgan man.
Ha o'sha vaqtda men yordamchi edim, ammo o'zimga bo'lgan ishonchni his qilardim. So'ngra men bosh murabbiy bo'ldim va 4 yil ichida Chempionlar ligasini yutganman”
Mirjalol Qosimov, tanqid va tanqidchilar haqida
“Men tanqidga har doim to'g'ri munosabatda bo'lib kelganman. Ammo shaxsiyatga tegadigan gap-so'zlar yozilsa, buni aslo qabul qilolmayman. Bilasizmi, nimadan jahlim chiqadi? Bizda ko'pchilik terma jamoa mashg'ulotiga, o'yiniga kelmay turib, qanday sharoitlarda yashayotganimizni bilmay turib, televizorda o'yinni ko'radi-yu, yutqazib qo'ysak darrov tanqid qilishga tushadi.
Buning ustiga bazilar shaxsiyatga tegadigan gaplarni ham yozishadi. Yana qaytarib aytaman, agar jahon chempionatiga chiqqanimizda mendan zo'ri bo'lmasdi, to'g'rimi? Hozirgi tanqidlarni o'qir ekanman, bularning bari ataylab uyushtirilmoqda degan fikrdaman.
Qarang, 18 iyun kuni Qatar bilan o'ynagan bo'lsak, 19 iyundan boshlab davom etib kelayotgan tanqidiy maqolalar birma bir tahlil qilib chiqilsa, bularning hammasi uyushtirilgan, “zakaznoy” ekanligi ma'lum bo'lib qoladi. Negadir to hozirgi kungacha faqat minus tomonlar yozilyapti. Tanqidchi esa masalaning ijobiy tomonini ham ko'ra bilishi lozim”.
Abror Qodirov tayyorladi


