“Hafta iqtiboslarda”-1

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013
Futbol olamida bir hafta davomida juda ko'p voqealar sodir bo'lishga ulguradi.
Bu voqealarga nisbatan bildirilan munosabatlar, fikrlarga esa undan-da ko'proq duch kelamiz. Bazida voqealarning shiddatli rivoji va yangiliklarning tezkor oqimida, e'tiborga molik fikrlarni o'tkazib yuborishimiz mumkin. Shu sababdan hafta so'nggida sizlarga o'tgan etti kun davomida matbuotda paydo bo'lgan iqtiboslarning eng saralarini etkazishga qaror qildik. Har yakshanba saytimizda “Hafta iqtiboslarda”ni kuzatib boring.

Maradonna: Braziliyaning Kofederatsiyalar kubogidagi g'alabasi haqida:
“Braziliya terma jamoasi musobaqa o'z maydonlarida bo'lgani uchun chempion bo'ldi holos. Agar turnir neytral maydonda bo'lganida ular aslo g'olib bo'la olmasdilar”.

Krishtianu Ronaldu, o'zining “Monako” futbol klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabati.
Monako? U erga faqat bayramda dam olish uchun borishim mumkin.

Luchano Spaletti, jurnalistning, uning nazdidagi g'alati savoliga bergan javobi:
“Nima? Timoshuk “Zenit”da qanday vazifani bajaradi, deysizmi? Mebel vazifasini! “Zenit” ofisiga mebellar juda kerak bo'lib turgandi”.

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Fred, o'zining Konfederatsiyalar kubogi finalidagi birinchi goli haqida:
Men yotib qilish mumkin bo'lgan juda ko'p yoqimli ishlarni qilganman avval ham, lekin hecham gol urib ko'rmagandim.

"Real Madrid" a'zosiga aylangan Isko, o'zining itiga qo'ygan laqabi qahida:
Men itimni "Messi" deb ataganman. Chunki u dunyoda tengsiz. Mening itim ham. Uning nomini Krishtianuga o'zgartirmayman. Chunki u baribir quloq solmaydi.

Krishtianu Ronaldu, "Manchester"ni sog'ingani haqida:
"Men Angliya futbolini sog'indim! Men uchun "Manchester Yunayted"dagi davrim faoliyatimdagi eng yaxshi yillar edi. Bu klub hamon mening yuragimda ekanini hamma biladi. Men "Yunayted"ni juda-juda sog'indim".

"Paxtakor" bosh murabbiyi Murod Ismoilov, jamoasidagi bazi futbolchilar haqida:
"Futbolni erkakcha o'yinash kerak. Hotinchalishdek o'yin ko'rsatgandan ko'ra, yaxshisi, bu ishni yig'ishtirib qo'ya qolgan maqul".

"Bunyodkor" yordamchi murabbiyi Murod Otajonov, "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda Ravshan Ermatovning harakatlari to'g'risida:

"Aytinglar-chi, hakam bir o'yinda 3ta penalti qo'yishi mumkin emasmi? “Lokomotiv” darvozasiga ikkinchi penaltini nega belgilamadi. Noxolis hakamlik haqida gapirish kerak, menimcha. Jahonning eng yaxshi hakami mana shunday qo'pol xatoga yo'l qo'yib tursa, boshqa hakamlardan nima kutish mumkin? 

Bu - hayot. Peshonada borini ko'ramiz. Ammo bu mavzu haqida gapirmasak, ushbu botqoqdan chiqib ketmaymiz. Siz gapirmasangizlar, men gapirmasam,bundan kim yutadi, kimga foyda? Albatta, milliy chempionatimizda mana shunday holatlar yuz berganidan keyin terma jamoalarimiz xalqaro o'yinlarda yaxshi o'ynay olishmaydida! Chempionatda bo'lar-bo'lmasga hushtak chalinaverganidan keyin futbolchilar ham shunga o'rganib qolishadi. Xalqaro o'yinlarda to'qnashuvlar ko'p bo'ladi. U yerda futbolchining familiyasi, qaysi klubdan ekanligi qiziqtirmaydi”.

Abror QODIROV tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia