

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning agenti bo'lgan Ilxan Gyundogan boshqa klublar bilan muzokara olib borilyaptimi, degan savolga javob berdi.
Ayni damda hech bir klub bilan kelishuv yo'q. Hozir Ilkayning bor e'tibori "Man Siti"ga, mavsumning yakuniy qismi va o'g'lining tavalludiga qaratgan. Ilkay keyingi mavsumda qayerda to'p tepadi, degan savol hozircha ochiq qolyapti.
Avvalroq Gyundogan "Barselona"ga o'tmoqchiligi aytilgandi.



