Gyotce PSV safidagi 2-o'yinida ham gol urdi

Eldor Akmurzayev
23 okt 2020
Yevropa Ligasi ilk turi doirasida PSV o'z maydonida “Granada”ni qabul qilib, 1:2 hisobida engildi.

Mario Gyotce eyndxovenliklar tarkibidagi 2-o'yinida ham maydonni golsiz tark etmadi. Avvalroq, Gyotce Niderlandiya chempionatidan o'rin olgan "Zvolle"ga (3:0) qarshi uchrashuvda debyut qilib, raqib darvozasini ishg'ol etishga ham erishgandi.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli germaniyalik “Borussiya D”ni erkin agent sifatida tark etib, oktyabr boshida PSV bilan 2 yillik bitim tuzdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia