Gvineya murabbiyi: “Keyta YCHL finalida o'ynashi mumkin”

19 may 2019, 08:07
Gvineya terma jamoasi bosh murabbiyi Paul Put “Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keytaning jarohatidan tiklanish jarayoni haqida gapirdi.

“Nabi Shveytsariyada o'z shifokori bilan maslahatlashdi. Uning aytishicha, Keyta YCHL finaliga qadar jarohatdan forig' bo'lib, maydonga tushishi mumkin ekin. Voqealar rivojini kuzatamiz” deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

Ilgariroq Keyta 1 iyun kuni o'tkaziladigan YCHL finali va 21 iyundan 19 iyulgacha davom etadigan Afrika millatlar kubogida ham qatnasha olmasligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi YCHL yarim finalida “Barselona”ga (0:3) qarshi bahsda jarohat olib, safdan chiqqandi.

24 yoshli xavbek o'tgan yilning yozida “Liverpul”ga kelgandi. Joriy masumda u APLda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com