Gvardiola "Barselona"ga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi

Alisher
3 iyun 2019, 11:35
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"ni boshqarayotgan Ernesto Valverdeni ajoyib murabbiy deb atadi.

- Mening fikrimcha, Valverde - ajoyib murabbiy, - deydi Gvardiola. - Albatta, biz u bilan do'stmiz, ammo bu men unga baho berishimda rol o'ynamaydi. Menimcha, Ernesto "Barselona"da ikki yil ichida yaxshi ishladi. Chempionlar Ligasi? Biz ham bu musobaqada yutqazdik. "Barselona" La Ligani ketma-ket 2 yil yutdi va u o'z uslubiga hali ham sodiq. "Barselona" murabbiyi bo'lishim mumkinmi? Hayotimdagi bu qism o'tib bo'lgan, hozir esa yangi avlodning payti keldi. Ammo qayd etish kerakki, "Kamp Nou" har doim mening qalbimda qoladi.

U "Barselona"ni 2008 yildan 2012 yilgacha boshqargan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Catalunya Radio