

Ma'lumotlarga ko'ra, bu haqda ismi oshkor qilinmayotgan futbolchi ma'lum qildi. Ispan mutaxassisiga futbolchilarning dam olish kunidagi mashg'ulotlari yoqmayapti. Ularning bazilari Germaniya tashqarisiga sayyoxat uyushtirmoqda. Natijada futbolchilar klubdan elektron pochta orqali xat olishgan va endi ular ketayotgan joyini ma'lum qilishga majbur. Gvardiola uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida noxushliklar bo'lishini istamayapti. Mutaxassis "Gamburg"ga qarshi bahsdan (2:1) oldin futbolchilardan professionalroq bo'lishni talab qilgan.
Shu bilan birga, Gvardiola futbolchilarga bo'lgan bosimni oshirmoqda. Agar qoidalar buzilsa futbolchilar jiddiy jazolanishi mumkin.



