Gvardiolaning fikricha, ten Xag uning o'rniga "Manchester Siti"da ishlay oladi

Aziz Tukhtamuradov
2 apr 2022, 09:22
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, "Ayaks" ustozi Erik ten Xag uning o'rniga "shaharliklar" bosh murabbiyi bo'lib ishlay oladi.

"Ten Xag "Manchester Siti"da bo'lishi mumkinmi? Mumkin. O'ylaymanki, u o'z uslubiga ega murabbiy. 

U Niderlandiyadagi muvaffaqiyatlarini ingliz futboliga ham tatbiq eta oladimi? Agar men bunga 100 foiz ishonganimda "Manchester Yunayted"ga qo'ng'iroq qilib, ularga "do'stlar, uni ishga olishingiz shart" derdim. Ammo xech kim bilmaydi. Men ham kelganimda buni bilmasdim. Ammo shunisi aniqki, u yaxshi menejer, shubhasiz", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian