Gvardiolaning fikricha, "Liverpul" hamon APL chempionligi uchun kurashda

Sherzod Nurmatov
15 okt 2022, 18:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul" hali ham APL chempionligi uchun poygada qatnashayotganini ta'kidladi.

"Manchester Siti" 9 o'yindan so'ng turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda va "Arsenal"dan 1 ochko ortda qolmoqda. "Liverpul" 11-o'rinda va 8 o'yindan keyin londonliklardan 14 ochkoga orqada boryapti.

- Agar 10 ta o'yin qolganida, men "Liverpul" peshqadam, "Arsenal"ga eta olmaydi, degan bo'lardim. 

Biroq, bizni [mavsum o'rtalarida] Jahon chempionati kutib turibdi.

- Yurgen Klopp esa "Liverpul" chempionlik poygasida emas, deb aytdi...

- Ha? Demak, u shunday fikrda...  

APL 11-turi doirasidagi "Liverpul" – "Manchester Siti" uchrashuvi ertaga 20:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports News