Gvardiolaga "Yuventus" futbolchisi kerak

Alisher
7 apr 2020, 14:47
"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Kosta faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Duglas Kostaning xizmatlariga qiziqmoqda.

Qayd etish kerakki, Braziliya terma jamoasi futbolchisining ham Turinda ketgisi kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola va Duglas Kosta 2015 yil "Bavariya"da birga ishlashgan.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum "Yuventus" libosida A Seriyada 14ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport