Gvardiola: “Yutqazsak fojia, g'alaba qozonsak “Liverpul”ni quvishda davom etamiz”

22 dek 2019, 08:27
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 18-turida jamoasining “Lester” (3:1) ustidan qozonilgan g'alabasidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Yigitlarning harakatlaridan hayratdaman. Biz judayam ko'p vaziyatlarni yarata oldik  va haqiqatan ham yaxshi o'ynadik. 

Biz shunchaki doimiy harakatlarimizni amalga oshirishga intildik. Bu bahs menga “Arsenal”ga qarshi o'yindan ko'ra maqulroq bo'ldi. Ayniqsa, Kevin de Bryuyne betakror futbolchi, aynan u ushbu bahsda g'alabamizning asosiy omili bo'ldi. U bizning jamoada o'zining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etmoqda. Uning o'yinga bo'lgan munosabati, maydondagi harakatlari meni hayratga solmoqda. 

Biz mag'lub bo'lsak bu fojia, g'alaba qozonsak “Liverpul”ni qo'vib yetish uchun yana bitta imkoniyatga ega bo'lamiz. Ayni paytda “Lester”dan bir ochko ortda qolayapmiz. 

Men shunchaki jamoam to'psiz va to'p bilan qanday harakat qilishini ko'rishni istayman. Biz bu mavsumda yaxshi harakat qilayapmiz. Agar bugungidek o'ynashda davom etsak, istalgan raqibni mag'lub eta olamiz”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi “shaharliklar” ustozi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС