Gvardiola Vengerni xotirjamlikka chaqirdi

3 noya 2017, 23:58
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 11-turi doirasida “Arsenal”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tarkan, uning jamoasi 2003/04 yilgi mavsumda Venger jamoasi o'rnatgan rekordni (o'sha yili “Arsenal” mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlagan) takrorlash niyatida emasligini ma'lum qildi.

“Venger xotirjam bo'laversin. Bu rekord unga tegishli, “Siti” uni qaytarish niyatida emas. O'shanda “Arsenal”da ajoyib va fantastik jamoa bor edi. Biz bu rekordni takrorlamoqchi emasmiz, ammo mavsumni yaxshi o'tkazib, yakshanba kuni “Arsenal” ustidan g'alaba qozonmoqchimiz”, deya Gvardiola so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN FC.

“Manchester Siti” APL 10-turidan so'ng 9 g'alaba va bir durang natija bilan jadvalda karvonboshilik qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN FC