

Pep Gvardiola "Manchester Siti" boshqaruvidagi so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.
"Daily Mail" nashrining tasdiqlashicha, ispaniyalik mutaxassis Angliya chempionati yakunlanganidan keyin iste'foga chiqishga qaror qilgan. Klub allaqachon homiylar va hamkorlariga murabbiyning ketishi muqarrar ekanligini ma'lum qilishni boshlagan.
Rasmiy bayonot yakshanba kuni kutilmoqda.
Gvardiola 2016 yildan buyon "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 20 ta sovrinni qo'lga kiritdi.



