Gvardiola: "U kabi futbolchi juda kam"

Mirjalol Normatov
15 sen 2023, 20:53
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoyachi Kayl Uokerning klub bilan shartnomani uzaytirgani haqida gapirdi.

Oldinroq klub matbuot xizmati futbolchining shartnoma 2026 yil yoziga qadar uzaytirganini ma'lum qilgandi.

"Kayl rostdan ham bizga kerak. Genetik nuqtayi nazardan u kabi futbolchini kam ko'rganman. Uning qobiliyatlari ulkan. Kayl bilan ishlashda muammolar yuzaga kelmaydi", - dedi Gvardiola.

Ushbu mavsumda Uoker barcha turnirlarda 6 o'yinda qatnashdi. U 2017 yildan buyon "shaharliklar" tarkibida o'ynamoqda. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal