Gvardiola to'pni "Arsenal"ga berib qo'ymoqchi emas

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Arsenal" bilan bo'ladigan o'yin oldidan qanday qilib "kanonir"larni dog'da qoldirishlari mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

Biz agar keyingi bosqichga yo'l olmoqchi bo'lsak, unda o'yin davomida "Arsenal"ga to'pni berib qo'ymasligimiz kerak. Arsen Venger jamoasi o'yin tizginini o'z qo'llariga olishsa, bu bizga qimmatga tushadi. Agar to'p bizda bo'lsa, keyingi bosqich naqd bo'ladi. Agarda aksincha bo'lsa, unda biz emas, "Arsenal" o'z maqsadiga erishadi.


Manba: fc-bayern.de