Gvardiola: "Tarix bo'yicha "Inter" oldinda. Ammo finalda bu ahamiyatga ega emas"

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2023
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Inter"ga qarshi YCHL finali oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Men odamlarning fikrlarini nazorat qila olmayman. Shunchaki qilinishi lozim bo'lgan ishga asosiy e'tiborni qaratish kerak. 95 daqiqa davomida o'yinni yaxshi o'tkazgan jamoa g'alaba qozonadi. 

"Inter" tarix bo'yicha bizni ortda qoldiradi. Ammo bu ahamiyatga ega emas. Muhimi o'sha vaqtda yaxshi o'ynash. Aynan shu narsa muhim ahamiyatga ega", - dedi Gvardiola.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian