Gvardiola: "Superliga haqida uning yaratuvchilari gapirishi kerak"

Mirjalol Normatov
20 apr 2021, 22:55
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yevropa Superligasining tuzilishi haqida gapirdi.

"Superliga haqida uni yaratgan insonlar gapirishi kerak. Ular tezda nima uchun buni yaratishganini tushuntirishlari lozim. Nima uchun YCHLda 4-5 marta chempion bo'lgan "Ayaks" ushbu ligada ishtirok etmaydi? Buni tushuntira olishlari kerak. Barcha klublar o'z qiziqishlari va poziciyasini himoya qiladi. Biroq UEFA muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ular avvalo klublar bilan gaplashib olishlari kerak edi. Shuningdek, Superliga haqida gapirishga menda etarlicha ma'lumotlar yo'q", - dedi Gvardiola.

Yevropa Superligasi turniri shu yilning avgust oyida start olishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express