Gvardiola o'zi uchun eng noqulay raqibga qarshi. “Manchester derbisi" oldidan PREVYU

Eldor Akmurzayev
6 noya 2021, 13:00
Bugun Manchester shahri ikkiga bo'linadigan kun. Angliya chempionati 11-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

Eng tarixiy derbilardan biri shiddatli o'tishi shubhasiz. Hamshaharlar shu vaqtgacha o'zaro bir-biriga qarshi 186 o'yinda to'qnash kelgan:

MYU – 75 g'alaba

Durang – 53

“Man Siti” – 55 g'alaba

To'plar nisbati – 267:251 “qizil iblislar” foydasiga

Agar statistikani olib qaralsa, Ole-Gunnar Sulsher “ko'klar” ustozi Pep Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatidagi eng noqulay raqib hisoblanadi. O'zaro 8 o'yinning 4 tasida norvegiyalik mutaxassisning qo'li baland kelgan bo'lsa, bir o'yinda murosa yo'li tanlangan. Shuningdek, yana 3 bahsda Pep ustunlik qilgan.

Qizig'i, MYU APL doirasida o'tgan oxirgi 4 derbining birortasida yutqazmadi:

07.03.21

“Man Siti” – MYU 0:2

12.12.20

MYU – “Man Siti” 0:0

08.03.20

MYU – “Man Siti” 2:0

07.12.19

“Man Siti” – MYU 1:2

“Manchester Siti” chempionat jadvalida 20 ochko bilan 3-o'rinda borayotgan bo'lsa, “Manchester Yunayted” 17 ochko to'plagan holda 5-pog'onadan joy olgan.

APL joriy mavsumida gol+pas sistemasi bo'yicha jamoalarning eng yaxshi futbolchilari:

Pol Pogba – 7 assist

Brunu Fernandesh – 4 gol va 3 assist

Gabriel Jezus – 2 gol va 5 assist

Krishtianu Ronalduning “Siti”ga qarshi o'yinlardagi natijasi qanday?

Portugaliyalik “Tumanli Albion”ga qaytganidan keyin ilk bor derbida maydonga tushadi. Bungacha u “shaharliklar”ga qarshi “Real” hamda MYU safida 14 uchrashuvda qatnashib, 9 tasida g'alabaga erishgan, 2 bor durang o'ynagan va uch marta mag'lub bo'lgan. 36 yoshli forvard hisobida 5 ta gol (bittasi penaltidan) va 3 ta assist bor.

Instagram'dagi maxsus “Angliya futboli” storisida o'tkazilgan so'rovnomada natijalariga ko'ra, ko'pchilik kuzatuvchilar “Old Trafford”dagi bo'lajak bahsda maydon egalari zafar quchishiga ishonmoqda:

MYU – 71 foiz

“Siti” – 29

Tahminiy tarkiblar ("The Guardian" talqini)

Diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi: Pol Pogba – Emerik Lyaport

Jarohatlanganlar: Viktor Lindelef (so'roq ostida), Edinson Kavani, Rafael Varan – Kayl Uoker (so'roq ostida), Ferran Torres

O'yindan oldingi fikrlar:

Gvardiola: “Ronaldu 75 yoshida barbekyuda ham gol uradi”

Gvardiola: “Futbol – bu “copy+paste" emas”

Sulsher: “Yunayted” – Manchester va ehtimol dunyodagi birinchi raqamli klub"

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia