Gvardiola: "O'tgan mavsum meni haydab yuborishadi deb o'ylagandim"

Aslanov Jasurbek
31 mar 2018, 12:55
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'tgan mavsum klubdan haydalishga tayyor turganligini aytib berdi.

2016/17 mavsumni "shaharliklar" Premer-liga turnir jadvalida 3-o'rinda yakunlashdi.

"Agar taktikam ish bermasa, iste'foga chiqishni o'ylagan edim. O'sha paytda natijalardan havotirga tushib qolgandim. O'yinni yaxshilash uchun nima qilishim mumkinligini o'yladim.

Ishdan haydalishim haqiqatga yaqin edi. Biroq bu normal holat. Natijalar yaxshi bo'lmaganda hamma murabbiylar bu haqida o'ylab qolishadi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP