Gvardiola nega Sterlingga tashlanganini tushuntirib berdi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018, 11:56
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs (3:1) yakunlanishi bilan nega yarim himoyachi Raxim Sterlingga tashlangani haqida gapirib berdi.

Gvardiola va Sterling bir qancha vaqt nimadir haqida suhbatlashishdi, matbuot anjumanida bu haqida savol berildi.

Ma'lum bo'lishicha, ispaniyalik mutaxassis Sterlingning harakatlaridan ko'ngli to'lmagan ekan. So'nggi daqiqalarda 23 yoshli futbolchi to'p oldida raqsga tushishga urindi.

"U oyoqlari bilan bir nimalar qildi, bunday qilmaslik kerak. U hali yosh va o'sishi kerak" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian