Gvardiola: "MYU shunchaki bizning xatolarimizni kutdi"

Tolibjon Qosimov
9 mar 2020, 02:47
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyat (0:2)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz yaxshi o'ynadik, faqatgina yakunlovchi pallada biroz omad yetishmadi. Biz munosib o'ynadik.

Biz aniq to'p tepdik, pressing qilishga va yaxshi himoyalanishga urindik va bularning bari bizda o'xshadi. Hujum nuqta-i nazaridan yaxshi harakat qildik. Raqib kutdi va qarshi hujumlarda Jeyms va Marsyalga uzun paslarni uzatdi.

Biz o'z futbolimizni o'ynadik va afsuski gol o'tkazib yubordik. Raqib shunchaki bizning xatolarimizni kutdi", - dedi Gvardiola "BBC" efirida.


"Gol qo'yib yubordik va bunday vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak edi, ikkinchi bo'limda ham yomon o'ynamadik. "Manchester Yunayted"ni tabriklayman. Raqibning darajasini hamisha hisobga olish zarur.

Edersonning xatosi? U bir yoki ikki vaziyatda bizni qutqardi. U ajoyib darvozabon. Shogirdlarimni tanqid qilmoqchi emasman, xatolar - o'yinning bir qismi", - deya qo'shimcha qildi Pep "Sky Sports" efirida.

Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com