Gvardiola: “Messining rekordini yangilab qo'ymasligi uchun uni almashtirdim”

Eldor Akmurzayev
19 mar 2023, 10:15
Angliya Kubogida “Byornli” ustidan qo'lga kiritilgan 6:0 hisobidagi g'alabadan keyin “Man Siti” ustozi Pep Gvardiolaga uchrashuvda xet-trikka erishgan Erling Xoland bilan bog'liq savol berildi.

Norvegiyalik Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan “RB Leyptsig”ga qarshi (7:0) javob bahsida 57 daqiqa ichida penta-trik qayd etgan va Gvardiola uni 63-daqiqada zaxiraga olishga qaror qilgandi.

“Ha, o'tgan o'yinda Xolandni Messining rekordini yangilab qo'ymasligi uchun almashtirgandim”, deya izohlagan ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Xoland YCHLdagi bir o'yin davomida beshta gol urgan Lionel Messi (“Barselona” – “Bayer” 7:1) hamda Luis Adrianodan (“Shaxtyor” – BATE 7:0) keyingi ilk futbolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru