Gvardiola: "Manchester Siti"ning maqsadi - Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqish"

Alisher
16 mar 2021
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YCHL 1/8 final "Borussiya" (Myonxengladbax)ga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ilk o'yinda "shaharliklar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

"Raqibda yaxshi o'yinchilar bor. "Borussiya" allaqachon o'z klassini Yevropada namoyish etdi, shu sabab biz barchasiga tayyor bo'lishimiz kerak.

"Manchester Siti" g'alaba qozonmoqchi va chorak finalga chiqmoqchi. Bu bizning hozirgi maqsadimiz", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

"Manchester Siti" - "Borussiya" o'yini bugun bo'lib o'tdi. Eslatib o'tamiz, nemis klubi barcha musobaqalardagi so'nggi 6ta o'yinning hammasida mag'lub bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com