Gvardiola "Manchester Siti"ning YCHLdagi o'yini oldidan yo'qotishlar ro'yxatini ochiqladi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026, 17:38
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Galatasaroy"ga qarshi o'yinni qaysi futbolchilar o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

"Men bilamanki, Mark Gexi o'ynay olmaydi, Antuan Semeno va Rodri ham maydonga tusha olmaydi. Niko Gonsales tayyor bo'lmaydi, shuningdek, Savio va Jon Stounz ham. Ro'yxat juda uzun", – dedi Gvardiola.

"Shaharliklar" ustozi muxlislarni jamoani 1/8 finalga chiqish uchun kurashda qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Umid qilamanki, hozircha birinchi sakkizlikka kirmaganimizni bilib, tribunadagilar bizga o'sha joyga kirib olish uchun qo'shimcha kuch beradi", – dedi u.

"Manchester Siti" va "Galatasaroy" o'rtasidagi bahs 28 yanvar kuni tunda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Angliyaning Manchester shahridagi "Etixad" stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Report