Gvardiola: "Manchester Siti"ga yana bir hujumchi kerak emas"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2018, 13:17
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ma'lum qilishicha, klub qishki transfer oynasida hujum sotib olishni rejalashtirmayapti.

"Bizda ikki nafar hujumchi bor, jamoaga yana bir forvard kerak emas. Hujumchilarning o'rnini egallay oladigan futbolchilarimiz bor. Forvard olish niyatimiz yo'q" - deydi Gvardiola.

Oldinroq, "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi e'lon qilingan edi, ammo keyinroq transfer amalga oshmasligi aytildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal