Gvardiola: "Manchester Siti" kelasi mavsumda YCHLda o'ynashga loyiq"

Mirjalol Normatov
23 iyun 2020, 20:36
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Bernli"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz juda yaxshi o'ynadik. Boshidanoq bir maqsad yo'lida birlashdik. Endi yanada tezroq qarshi hujumlarga o'tish uchun qunt bilan ishlashimiz kerak.

Birinchi va ikkinchi gollar bizga katta yordam berdi. Biz kelasi mavsumda YCHLda o'ynashga loyiqmiz.

Foden uchun xursandman. Uning yuqori saviyali futbolchi ekanligini bir necha bora takidlaganman. U endigina 20 yoshda va rivojlanishda davom etishi kerak. Ushbu dekadada u "Manchester Siti"ning asosiy futbolchisiga aylana oladi. Bu unga loyiq", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal