Gvardiola "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 15:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi to'rt yilni "shaharliklar" safida o'tkazishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis do'stlariga "Siti" bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekishga tayyorligini aytgan. Shunday qilib, u "Manchester Siti"da 7 yil ishlashi mumkin.

Oldinroq, "Yuventus" vakillari ispaniyalikning agenti bilan ikkita uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'lishdi, ammo Gvardiolaning o'zi Italiyaga ko'chib o'tmoqchi emas.

"Manchester Siti" egalari Gvardiola klubda 10 yil qolishini xohlashmoqda. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph