

Qayd etilishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Pepning yangi shartnomasi 2021 yilgacha tuziladi va murabbiy yiliga 20 million evro maosh ishlab topadi. “Shaharliklar” rahbariyati bu xabarni bayramona atmosfera hukmron vaqtda e'lon qilmoqchi. Bu esa “Siti” Pep boshchiligida birinchi sovrinni yutgan paytda ro'y berishi mumkinligini anglatadi.
25-fevral yakshanba kuni Angliya liga kubogining finalida Pep Gvardiola shogirdlari “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi.



