Gvardiola Manchester shahrida restoran ochdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2018, 13:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyada "Tast Cuina Catalana" nomli Kataloniya taomlari tayyorlanadigan restoran ochdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 3 qavatli restoranda bar va ochiq oshxona ishlaydi. Unda Kataloniyaning taomlari tayyorlanadi.


"Mehmonlar taom hidini his qilishlari va o'zlarini uydagidek his qilishlari uchun restoranda ochiq oshxona tashkil qildik. Tast - har bir mehmon uchun xursand bo'ladigan oddiy restoran" - deydi restoran bosh oshpazi Pako Peres.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun