Gvardiola "Man Siti"ning Angliya Kubogi yarim finalidagi mag'lubiyatiga izoh berdi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2021, 02:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi yarim finalida "Chelsi"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Biz so'nggi 15 daqiqada yaxshi o'ynadik. "Chelsi"ni tabriklaymiz. Bugun teng o'yin bo'ldi. Bo'sh zonalardan foydalana olmadik, xavfli vaziyatlar yaratmadik. "Chelsi"ning goliga yaxshi javob qaytardik, ammo 8 ta o'yinchi bilan himoyalanadigan jamoa bilan o'yinda g'alaba qozonish qiyin. Umuman olganda, bizda raqibga qaraganda ko'proq imkoniyat yuzaga kelgan edi", – deydi Gvardiola.

Shunday qilib, "Manchester Siti" bir mavsumda to'rtta sovrinni qo'lga kirita olmaydi. "Shaharliklar" ayni paytda Angliya chempionatida yetakchilik qilayotgan bo'lishsa, Angliya Liga Kubogi finaliga chiqishgan va Chempionlar Ligasining yarim finaliga qadar yetib kelishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC