Gvardiola: "Luis Enrike mening natijalarimni yaxshilashga qodir"

Narzulla Saydullayev
5 sen 2014, 11:09
"Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiola, "Barselona" ustozi Luis Enrike katta yutuqlarga erishishiga shubha qilmaydi.
Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, Luis Enrike uning natijalarini yaxshilashi mumkin.

"Albatta, u mening "Barselona"dagi natijalarimni qaytarishi va hatto yaxshilashi mumkin. Men Luis Enrike haqida juda yaxshi fikrdaman. "Barselona" uchun biz hurmat qilgan va qadrlagan o'z o'yin uslubini qayta tiklash juda muhim. O'ylashimcha, bularni Luis Enrike jamoasida ko'ra olamiz" - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola "Barselona" boshida 14ta sovrin qo'lga kiritgan, uch bor milliy chempionat bosh sovrinini  va ikki marta Chempionlar Ligasini kubogini qo'lga kiritgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com