Gvardiola Kimmixni "Manchester Siti"ga olib kelmoqchi

Alisher
30 may 2023
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix yana bir bor Xosep Gvardiola bilan ishlashi mumkin.

Mutaxassis germaniyalik futbolchini "Manchester Siti"ga olib kelmoqchi. Inglizlar Kimmix uchun kurashuda "Barselona" bilan raqobatlashishlari lozim bo'ladi. Biroq pul va Pep effekti nemisni Manchesterga o'tishiga asosiy omil bo'lishi mumkin.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 45 ta o'yinda 7 ta gol urdi hamda 11 ta golga assistentlik qildi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com