Gvardiola kechagi o'yindan so'ng Husanov haqida fikr bildirdi

Khoja
8 yanv 2026, 07:32
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng markaziy himoyachilarni maqtab o'tdi.

"Ular nihoyatda yaxshi o'ynashdi. Abduqodir aqlbovar qilmas darajada harakat qildi. Uning uzun uzatmalari bizga ko'p yordam berdi. U butun maydonni boshqarib turdi. U hali ulg'ayadi. U ko'proq hujumlarni tashkil etishda ishtirok etishi lozim, bu esa faqatgina vaqt masalasi. U bugun eng yaxshi o'yinchi bo'ldi.

Maks ikki kun oldin keldi va kecha biz bilan atigi bittagina mashg'ulot o'tkazdi. Albatta, u ilgari biz bilan ko'p mashg'ulot o'tkazgan. Men "Uotford" va Xavi Grasiyaga minnatdorchilik bildiraman, ular uning futbolchi sifatida o'sishiga yordam berishdi.

Afsuski, bugungi uchrashuvda g'alaba qozonmadik, biroq hali bizning g'alabalarimiz oldinda", - deb fikr bildirdi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: www.mancity.com