Gvardiola: "Jahon chempionati" boshlanmoqda"

Mirjalol Normatov
9 avg 2020, 14:39
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL 1/4 finali doirasidagi "Lion"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu yog'i jahon chempionatiga o'xshamoqda. Har bir o'yin final: yoki davom etasan, yoki uyinga ketasan. Endi faqatgina bir imkon bo'ladi, ikkinchisi esa yo'q.

Albatta, YCHLni yutishga harakat qilamiz, biroq yuta olmasak ham buni falokat deb aytmagan bo'lardim. Karantinda o'tgan har bir kundan pozitiv kayfiyat olishni o'rgandim.

Gap sovrinda emas, inglizlar bilan ishlash ajoyib. Men yarim odam, yarim murabbiyman, hayot shuni taqazo qilmoqda. YCHLni yuta olmasak, odamlarning bizga bo'lgan fikri o'zgaradimi? Menimcha yo'q.

Bunday holat Myunxenda bo'lgan. "Bavariya" bilan ko'plab sovrinlarni yutganmiz, biroq YCHLni emas. Xo'sh, shunday men o'zimni baxtiyor his qilmasligim kerakmi yoki u yerda do'stlarim yo'qmi? Xato o'ylamang", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express