Gvardiola: "Har 3-4 kunda o'ynash uchun "Manchester Siti" tayyor emas"

Mirjalol Normatov
16 iyun 2020, 19:29
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ertaga jamoaning darajasini ko'ramiz. Shundan keyin qaysi jihatlarni rivojlantirish kerakligini belgilab olamiz. Barchamizga 3 hafta berildi. Hozirgi paytda barchamiz bir xil holatdamiz. Shu boisdan maydonga moslashishimiz kerak bo'ladi.

Biz o'yinga tayyormiz, lekin har 3-4 kunda futbol o'yinini o'tkazishga tayyor emasmiz. Endi rotaciyaga qo'l urib, barcha futbolchilarga imkon berishga intilamiz. Futbolchilar yaxshi jismoniy holatda. 

O'zimga juda yaqin inson - Mikel Artetaning jamoasiga qarshi o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal