Gvardiola Grilishning kam o'ynayotgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa futbolchisi Jek Grilishning kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani haqida gapirdi.

"Grilishning kam o'ynayotgani sababi - men. U ajoyib futbolchi, biroq u raqobatlashishi kerak. O'tgan mavsumda Doku ko'p o'yinlarda o'zini ko'rsatdi, Savio esa bir mavsumning o'zida darajasini namoyish qila oldi.

Uning qobiliyatiga shubxa qilmayman. Usiz trebl qayd eta olmasdik", - dedi Gvardiola.

O'tgan mavsumda Grilish barcha turnirlarda 32 o'yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN