Gvardiola futbolchilarining asosiy raqiblariga ketgani haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
30 okt 2022, 12:24
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Lester"ga qarshi o'yindan keyin bir qancha futbolchilarining APL chempionligi uchun kurashayotgan jamoalar tarkibiga o'tib ketgani borasida gapirdi.

"Har bir holat individuallikka ega. Fikrimcha, Rahim, Zinchenko, Gabriel jamoaga ko'p narsalar bera oldi va ularda tanlash huquqi bor edi. Ular "Chelsi" yoki "Arsenal"ga o'tmaganida ham shu yerda qolishardi. Ushbu futbolchilar top-klublarda o'ynashi kerak.

Biz shunchaki ularda "Man Siti" haqida iliq taassurot qolishi kerakligini istaymiz.

"U erga bormasliging kerak" deydigan odam emasmiz. Bu menga yoqmaydi. Biz yaxshi transferlar amalga oshirdik, barchamiz bundan mamnunmiz. Ular haqida birorta yomon fikr ayta olmayman. Ular sababli biz yuqori darajaga ko'tarildik.

Bu jarayon. Oilada avlodlar almashinuvi yuzaga kelmoqda. Barcha o'zi bilganicha yashashi kerak. Futbolchilarga ketadigan jamoasini taqiqlashni istamayman", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal