Gvardiola futbolchilardagi qaysi hislatni boshqalariga qaraganda ko'proq qadrlashini aytdi

Alisher
2 noya 2019, 16:55
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan haqida gapirdi.

"U juda ham aqlli o'yinchi. Bilim men hammasidan ham ko'proq qadrlaydigan sifatdir.

Bunday futbolchilar maydonda nimalar bo'layotganligini tezda ilg'ay olishadi va buni tezroq hal qilishga urinishadi.

U bir necha poziciyalarda o'ynashi mumkin. Gyundogan haqiqatdan ham Yevropadagi eng yaxshi futbolchilardandir", - deydi Gvardiola.

Oldinroq, Gyundogan Premer-liganing oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun davogarlar qatorida etirof etilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal