Gvardiola: "De Bryuynega dam berilmaydi"

Mirjalol Normatov
18 dek 2020, 22:42
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Kevin de Bryuynega dam berilmasligini aytdi.

"Kevin bizga juda ham kerak, unga dam berilmaydi. U YCHLning bir necha o'yinlarini va yana qaysidir bahslarni o'tkazib yubordi. O'tgan haftada u ikki bag'sda ishtirok etdi. Hozirgi paytda u bizning tayanchimiz", - dedi Gvardiola.

Ushbu mavsumda belgiyalik futbolchi 11 o'yinda 2 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal