Gvardiola: "Biror jamoa APLning ketma-ket 12ta o'yinida g'alaba qozona olmaydi"

Aslanov Jasurbek
7 fev 2019, 15:17
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, Premer-liganing barcha yetakchilari mavsum oxirida ochko yo'qotishadi.

"Yana 12ta o'yin o'tkazishimiz kerak, bu 36 ochko degani. Mavsum oxirida ochko yo'qotishimiz tayin, ammo "Liverpul"dan kamroq deb umid qilaman. Biror jamoa ketma-ket 12ta uchrashuvda zafar quchishiga ishonmayman. Bizni "Chelsi"ga qarshi jiddiy imtihon kutib turibdi. Bu "Manchester Siti" uchun haqiqiy final bo'ladi. Agar ushbu o'yinda ochko olsak, bu biz uchun katta qadam bo'ladi" - deydi Gvardiola.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph