Gvardiola: "Bavariya"ning muammosiga aylanishni istamayman"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2015, 18:14
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda klub bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylagani yo'q.

"Men "Bavariya" murabbiyiman va bundan baxtliman. Kelajagim borasida qaror qabul qilganim yo'q. Bir qarorga kelsam Rummenigge, Zammer va Xyonessga aytaman. Oldimizda vaqt ko'p.

Agar shartnomani uzaytirishni istasam bu klub uchun ham eng yaxshi qaror bo'lishini bilishim lozim. "Bavariya"ning muammosiga aylanishni istamayman. Klub uchun qo'limdan kelganini, qildim, qilyapman va qilishda davom etaman. Boshqa klublardan taklif bo'lgani yo'q" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com