Gvardiola "Bavariya" rahbariyatiga klubni tark etishini aytdi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2015, 10:15
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajagi borasida bir to'xtamga keldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis nemis grandi rahbariyatiga klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini va mavsum oxirida jamoani tark etishini aytdi. Oldinroq "Bavariya" Gvardiolaga yillik 20 mln. evrolik maosh taklif qilgan edi. Xosepning fikricha, uning "Bavariya"dagi vaqti yakuniga etdi va shartnomani uzaytirmaslik ikki tomon uchun ham foydali.

Gvardiolaning "Bavariya" bilan amaldagi kelishuvi 2016 yilning yozigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca