Gvardiola: "Bavariya" "Liverpul"ni mag'lub etishini xohlayman"

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bavariya" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Chempionlar ligasi bahsida kimga muxlislik qilishini aytdi.

Ispaniyalik 2013-2016 yillarda Myunxen klubini boshqargan.

"Keyingi bosqichga "Bavariya" o'tishini istayman. Hozir ham o'zimni bu klubning bir qismi deb hisoblayman. Myunxen va "Bavariya"ni yaxshi ko'raman. U yerda ko'plab do'stlarim bor" - deydi Gvardiola.

"Liverpul" hamda "Bavariya" o'rtasidagi birinchi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan. Javob o'yini bugun, 13 mart kuni "Alyanc Arena" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA