Gvardiola APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi

Alisher
10 dek 2021, 18:24
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLda noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Gvardiola qo'l ostidagi jamoa noyabrda "Manchester Yunayted" (2:0), "Everton" (3:0) va "Vest Xem" (2:1) ustida g'alabaga erishdi.

Qayd etish kerakki, Gvardiola o'ninchi marta Premer-ligada oy murabbiyi deb topildi.

Jamoa chempionatda 15 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda, jadvalni boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com