Gvardiola Agueroni sherga o'xshatdi

Mirjalol Normatov
22 may 2021, 00:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "shaharliklar" tarkibidagi 10 yillik faoliyatidan keyin jamoadan ketayotgan Serxio Aguero haqida gapirdi.

- Aguero - ajoyib, yoqimtoy inson, haqiqiy afsona. Ko'plab yillar davomida u juda ko'plab gollar urdi. Uning personal muxlislari ham ko'p. Yakshanba kuni uning so'nggi o'yini bo'ladi. Muxlislar uning hurmatini joyiga qo'yishni istayman: Serxio jamoaga ko'plab sovrinlar keltirgan futbolchi", - dedi Gvardiola.

- U junglidagi sherga o'xshaydi, barcha dushmanlarni yo'q qilib tashlaydi. Serxio 40 yoshida ham futbol o'ynay oladi va yanada ko'plab gollar uradi", - deb qo'shimcha qiladi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal