Gvardiola: "Aguero uchun xursandman, ammo u bundanda kuchliroq o'ynashini istayman"

Aslanov Jasurbek
24 sen 2016, 14:39
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Serxio Aguerodan ko'prog'ini xohlaydi.

"Barcha futbolchilardan ko'prog'ini istayman. Aguero uchun xursandman, ammo undan ko'prog'ini xohlayman. Serxio yaxshiroq o'ynashi mumkin. U to'psiz ko'p ishlashini istamayman. Futbolchilar to'pni olib qo'yishi uchun to'rt, besh, olti soniya sarflashlarini tushuntirmoqchiman" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal